11:31 / 06.11.2015
2760

Aksilirqchilar NBC telekanali efirida “Tramp – irqchi” baqirig‘i uchun 5 ming dollar taklif qilishmoqda

Deport Racism jamoatchilik tashkiloti NBC telekanalida Donald Tramp ishtirokidagi Saturday Night Live efirida “Tramp – irqchi” deb baqirgan kishiga 5 ming dollar miqdorida mukofot puli taklif qilmoqda.

Agarda efirda bir necha kishi ushbu jumlani aytib baqirsa, mazkur mablag‘ ular o‘rtasida taqsimlanadi, deya yozmoqda Deadline Hollywood nashri.
Notijorat tashkiloti 2016 yilgi prezidentlik saylovida aksilmuhojirlik va Lotin Amerikasiga qarshi kayfiyat bilan kurash olib bormoqda.

Qayd etilishicha, efirda yuqoridagi jumlani baqirib aytgan kishi OAVga Deport Racism tarafdori ekanini aytishi ham talab etiladi.

Top