18:54 / 06.11.2015
3809

Android’ning 20 mingdan ortiq ilovasida o‘chirib bo‘lmas virus paydo bo‘ldi

Raqamli xavfsizlik bilan shug‘ullanuvchi Lookout kompaniyasi tadqiqotchilari o‘z blogida Android operatsion tizimida “format”(smartfonni dastlabki holatiga keltirish)dan so‘ng ham ketmaydigan troyan virusi paydo bo‘lgani haqida ma'lum qildi.

Ushbu virus norasmiy Android ilovalari do‘konlaridagi ilovalar orqali o‘tmoqda. Virus ilova asosan ijtimoiy tarmoq ilovalari ko‘rinishida niqoblanib, odatdagi ilova ko‘rinishida ishlashni davom etadi. Ushbu troyan bilan zararlangan smartfonda turli reklamalar chiqa boshlaydi hamda uning himoya tizimi ishdan chiqadi. Buning natijasida parol va boshqa shaxsiy ma'lumotlar himoyasiz qoladi.

Hozirda zararlangan ilovalar uchta Shedun, Shuanet va ShiftyBug guruhlarga bo‘lingan va ularning soni 20 mingga yaqinlashgan. Biroq Google Play do‘konida bu ilovalarning hech biri aniqlanmagan. 

Top