17:56 / 06.11.2015
3116

Atambayev: Jurnalist qalami o‘tkir, lekin xolis bo‘lishi zarur

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev jurnalistlarni Axborot va matbuot kuni bilan tabrikladi. Tabriknoma matni davlat rahbarining matbuot xizmati tomonidan tarqatildi.

O‘z murojaatida Qirg‘iziston rahbari jurnalistlarni jamiyatdagi muhim o‘rinlarini to‘g‘ri anglab yetgan holda kasblariga chuqur mas'uliyat bilan yondashish va noxolislikka yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.

“Matbuot bizni har kuni oxirgi yangiliklar bilan tanishtirib boradi. Shu bilan birga jurnalistlar jamoatchilik fikrining ifodachisi, xalq va hokimiyat o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini o‘taydi, - deyiladi hujjatda. – Kuchli so‘z odamlarni birlashtirish, yaxshilikka ishonch uyg‘otish qobiliyatiga ega.

Ammo u vayron qilish qudratini ham namoyish eta oladi. Shu bois jurnalist qalami o‘tkir, lekin ayni paytda xolis bo‘lishi zarur”.
Atambayev gazeta sahifalarida va televideniye efirida vatanga muhabbat hamda insonlar hayotini yaxshilash niyati samimiy aks etishiga tilak bildirib qoldi.

Top