10:07 / 06.11.2015
2730

Betmobil ixtirochisi Jorj Barris vafot etdi

1966 yilda ekranlarga chiqqan Betmen teleseriali uchun Betmobil ixtirochisi va avtomobillar dizayneri Jorj Barris 89 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda uning o‘g‘li Brett Barris feysbukdagi o‘z sahifasida e'lon qilgan.

“Afsus bilan shuni ma'lum qilamanki, otam, kastomayzing (g‘aroyib va noyob avtomobillar yaratish) qiroli Jorj Barris osmondagi ulkan garajga yo‘l oldi”, — deb yozgan u.
Barris yoshlik paytlaridanoq avtomobillar yaratish va ularning tashqi ko‘rinishlarini o‘zgartirish bilan shug‘ullangan. U Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Los-Anjyelesga yo‘l oldi hamda u yerda mashhurlikka erishdi. U o‘zinning shaxsiy kompaniyasi ham tashkil etgan edi.

Top