17:43 / 06.11.2015
2491

Dunyo bo‘ylab aviatashishda qalloblik qilganlikda gumondor 133 shaxs qo‘lga olindi

Yevropolning aviatsiyada noqonuniy yo‘lovchi tashishda gumon qilinayotgan shaxslarni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiyasi doirasida 133 kishi hibsga olindi. Bu haqda YeIning politsiya xizmati xabarnomasida aytildi.

“3-4 noyabr kunlari o‘tkazilgan operatsiya soxta yoki o‘g‘irlangan kredit kartalar yordamida internet orqali aviachiptalar sotib oladigan shaxslarga qarshi qaratildi, - deyiladi xabarnomada. – Ularning faoliyati har yili bir necha million aybsiz insonlarga zarar keltiradi, aviakompaniyalar va turagentliklar ulkan moliyaviy yo‘qotishlar ko‘radi. Bundan tashqari, ko‘p hollarda firibgarlik jinoyatning boshqa jiddiyroq turlari, masalan, giyohvandlik savdosi va odam kontrabandasi bilan bog‘liq”.

Operatsiyada 32 davlatning huquq-tartibot organlari, 35 aviakompaniya, shuningdek, bir qancha turistik operatorlar va to‘lov kartalari sanoati vakillari ishtirok etdi. Ularning faoliyati Yevropol, Amerika politsiya jamiyati va Kanada organlari tomonidan muvofiqlashtirib borildi.

Top