18:26 / 06.11.2015
5083

Eronda bo‘lib o‘tayotgan kurash bo‘yicha JChning ilk kunida O‘zbekiston vakillari 5ta medal oldi

5 noyabr kuni Eronning Xurramobod shahrida o‘zbek kurashi bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati boshlandi.

Musobaqaning ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari bir yo‘la 3ta oltin va 2ta kumush medalini qo‘lga kiritishdi.

Murod Do‘simbetov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi a'zolaridan oltin medalni birinchi bo‘lib -81 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Timurxon To‘rayev keltirgan.

-100 kg vaznda kurashgan Erkin Doniyorov va eng og‘ir +100 kg vazn toifasidagi Muhsin Hisomiddinov ham jahon chempioni nomiga sazovor bo‘lishdi.

-81 kg vazndagi Ruslan Boltayev hamda +100 kg vazndagi Bekzod Karimov kumush medali bilan taqdirlanishdi.

Birinchi kungi barcha g‘olib va sovrindorlar:

-81 kg.

1. Temur To‘rayev (O‘ZBeKISTON)

2. Ruslan Boltayev (O‘ZBeKISTON)

3. Ilyos Aliakbari (Eron)

3. Sardor Jumayev (Turkmaniston)

-90 kg.

1. Sayidaliashgar Musavi (Eron)

2. Yunus Valizoda (Eron)

3. Goirgi Iadze (Gruziya)

3. Igor Knish (Ukraina)

5. Valijon Ochilov (O‘ZBeKISTON)

-100 kg

1. Erkin Doniyorov (O‘ZBeKISTON)

2. Muslim Nuri (Eron)

3. Vohid Nuri (Eron)

3. Vladislav Zembyatskiy (Ukraina)

+100 kg

1. Muhsin Hisamiddinov (O‘ZBeKISTON)

2. Bekzod Karimov (O‘ZBeKISTON)

3. Hamid Goli (Eron)

3. Ja'far Pahlavoni (Eron)

Eslatib o‘tamiz, buguni jahon chempionatida -60, -66, -73 hamda mutloq vazn toifasidagi bahslar o‘tkaziladi.

Top