15:09 / 06.11.2015
2166

Futzal: O‘zbekiston terma jamoasi Belarus bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi dekabr oyida Belarus terma jamoasi bilan ikki bora o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bergan.

Xose Mariya Mendez boshqarayotgan terma jamoa Belarus terma jamoasi bilan 2 va 3 dekabr kunlari o‘yin o‘tkazadi. O‘yinlarning har ikkisi Belarusda bo‘lib o‘tadi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1 dekabr kuni u yerga uchib ketadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi kelasi yilning 10-21 fevral kunlari Toshkentda o‘tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini olib bormoqda.

Top