16:21 / 06.11.2015
2606

FVV samolyoti Sanodagi aeroportdan Rossiya va MDH fuqarolari bo‘lgan 50 kishini olib uchdi

Rossiya FVV samolyoti Yamandagi fuqarolar urushidan qochib, mamlakat hududini tark etishni istagan 50 kishini olib, Sano shahridagi aeroportdan havoga ko‘tarilgan. Bu yo‘lovchilar Rossiya va MDH davlatlari fuqaroligiga ega hisoblanadi.

TASS nashrining Rossiya FVV vakili Aleksandr Tomashovga asoslanib xabar qilishicha, Il-76 rusumli samolyot Moskva vaqti bilan 6 noyabr kuni soat 13:20da havoga ko‘tarilgan.
Ushbu samolyot Misrning Asuan shahrida to‘xtab, yonilg‘i to‘ldirishi va Moskvaga yo‘l olishi va Moskva vaqti bilan soat 15:00da (Toshkent vaqti bilan soat 17:00) Domodedovoga qo‘nishi aytilgan.

Bundan avvalroq, Il-76 samolyoti Yamanga 20 tonnadan ortiq insonparvarlik yordamlari olib kelgani xabar qilingandi.

Top