00:31 / 06.11.2015
4629

Ilhom Aliyev: Ozarbayjon qo‘shni va Yevropa davlatlarini yuz yil davomida gaz bilan ta'minlay olishga qodir

Ozarbayjon yuz yil davomida qo‘shni davlatlar va Yevropa davlatlarini gaz bilan ta'minlay olishi mumkin. Bu haqda jurnalistlarga Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev o‘zining gruziyalik hamkasbi Georgiy Margvelashvili bilan uchrashuvidan so‘ng aytdi.

“Ozarbayjonda juda katta gaz zaxiralari mavjud, biz yuz yil davomida ichki bozor hamda qo‘shni va Yevropa davlatlari ehtiyojlarini ta'minlay olishga qodirmiz”, deb aytdi Aliyev. Aliyev “2018 yildan ozarboyjon gazi Turkiyaga, 2020 yildan esa Yevropa bozoriga yetkazila boshlanishiga” umid bildirdi.

Top