21:39 / 06.11.2015
4064

Misrda Britaniyaning qutqaruv reysi yo‘lda orqaga qaytarildi

Britaniyalik sayyohlarni Sharm-al-Shayxdan olib chiqishi kerak bo‘lgan, Misr tomon uchayotgan qutqaruv samolyoti yo‘lda orqaga qaytarildi, deb xabar bermoqda Sky News nashri.

Sun'iy yo‘ldoshdan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot Albaniya ustida rejalashtirilmagan ortga burilish amalga oshirib, Buyuk Britaniyaga yo‘l olgan.
Britaniya hukumati tomonidan hozircha bunga rasmiy izoh berilmagan.

Avvalroq Buyuk Britaniyada britaniyalik sayyohlarni Misrdan qaytarish murakkablik tug‘dirayotgani ma'lum qilingandi.

Top