00:25 / 06.11.2015
3583

Benzema noqonuniy giyohvand moddalar savdosiga aralashganlikda gumon qilinmoqda

Madridning "Real" klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema giyohvand moddalarning noqonuniy savdosiga aralashganlikda gumon qilinishi mumkin, deb xabar bermoqda Le Point nashri.

O‘yinchi transatlantik reyslari orqali kokain giyohvand moddasini jo‘natuvchi kishi bilan yaqin aloqada bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Shu ishda gumonlanuvchilardan biri bo‘lmish Ali Busharebaning uyidan Benzemaning surati va uning dastxati tushirilgan butsa topilgan.

“Mening bu ishlardan xabarim yo‘q. Benzemaning atrofidagi kishilardan birortasi giyohvand moddalarini deb qamoqqa tushmagan. Bilasizmi, Karimning feysbukdagi sahifasida 20 million nafarga yaqin obunachi bor. Ularning ichidan istalgan bir telba fanat u bilan birga suratga tushgan bo‘lishi mumkin. Ammo bu ularning o‘zaro aloqalari bor, degan ma'noni anglatmaydi”, - deb ta'kidlab o‘tgan Benzemaning agenti.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Benzema boshqa jinoiy ishda - yarim himoyachi Mate Valbuenaga qarshi tovlamachilik qilishda ayblanmoqda.

Top