17:12 / 06.11.2015
3743

O‘zbekiston bojxonachilari xizmat itlariga chip o‘rnatmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologik markazi jonivorlarni identifikatsiya qilish bo‘yicha xalqaro tajribani inobatga olgan holda bojxona organlarida xizmatida bo‘lgan itlarga chiplar o‘rnatishni boshladi.

Buning uchun avvalambor chiplash metodlari o‘rganib chiqildi, mutaxassislar bilan muzokaralar olib borildi. Bu ishlarning yakunlariga ko‘ra Xitoyning Freevision Technologies Co. Ltd kompaniyasidan FDX-B chiplari va H20-F-G4-003 skanerlari xarid qilindi. Ayni paytda rejali asosda jonivorlarni chiplash ishlari olib borilmoqda.

Top