19:27 / 06.11.2015
9087

O‘zbekistonda 4 korxonaning davlat aksiyalari sotuvga qo‘yildi

O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasi “Toshkent” respublika fond birjasida 4 korxonadagi davlat aksiyalarini sotuvga qo‘ydi. Ularning boshlang‘ich narxi 267.6 mln dollarni tashkil qilmoqda, deyiladi qo‘mita saytida chop etilgan xabarnomada.

Xususan, “Farg‘onaazot” AJning 48.05 foiz aksiyalari sotuvga qo‘yildi. Azot o‘g‘itlari ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik korxonaning bu aksiyalari birlamchi qiymati 152.8 mln dollarni tashkil qilmoqda. Birinchi sotuvlar 11 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Investorlarga, shuningdek, Quvasoydagi “Kvarts” AJning 94.3 mln dollarlik 75 foiz aksiyalari taklif qilindi.

Ro‘yxatdan, shuningdek, “Samarqankimyo” AJning 12.1 mln dollarlik 60.35 foiz, “Jizzax plastmassa” AJning 7.4 mln dollarlik 61.04 foiz aksiyalari taklif qilindi.

Top