19:50 / 06.11.2015
5620

"Real" - PSJ o‘yini vaqtida uxlab qolgan xitoylik sharhlovchi ishdan bo‘shatildi

Xitoylik futbol sharhlovchisi Dong Li YeChLning guruh bosqichidagi "Real" va PSJ o‘rtasidagi bahsni sharhlash vaqtida uxlab qoldi. Britaniyaning The Daily Mail nashri yozishicha, bu voqeadan keyin uni ishdan bo‘shatishgan.

Xabar qilinishicha, 46 yoshli sharhlovchi o‘z hamkori bilan o‘yinni sharhlab borgan va o‘yin tugashiga 20 daqiqa qolganida uning ovozi eshitilmay qolgan. O‘yinning 79-daqiqasida teletomoshabinlar efirda xurrak ovozini eshitishgan.

Dong Li bunga sabab sifatida o‘yin mahalliy vaqt bilan soat 3:45da boshlanganini keltirgan.

Top