19:36 / 06.11.2015
3361

Rossiya kompaniyasi “Suvmash” AJ aksiyalari davlat paketining 25.42 foizini sotib oldi

Rossiyaning “Sogdiana investment” kompaniyasi “Suvmash” AJ aksiyalari davlat paketining 25.42 foizini sotib oldi. Har bir aksiya uchun 5 ming so‘mdan hisoblanib, shartnomaning umumiy qiymati 287 mln so‘mni tashkil qildi.

Bu haqdagi axborot qimmatbaho qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining rasmiy saytida chop etildi.
Ma'lum bo‘lishicha, “Suvmash”ning ustav fondi 1.1 mlrd so‘mni tashkil qildi. Uning asosiy aksiyadorlari Rossiyaning “Energomash” XAJ – “Uralgidromash” (50.84 foiz) va davlatdir.

Top