23:56 / 06.11.2015
7467

Rossiyalik sayyohlar Misr Arab Respublikasiga boshqa ucha olmaydigan bo‘ldi

Rossiya turizmi boshlig‘i Oleg Safonovning ma'lum qilishicha, Misrga parvoz uchun yo‘llanmalarga pul to‘lab qo‘ygan rossiyalik sayyohlar Rossiya va Misr o‘rtasidagi aviauchuvlarning to‘xtatilishi munosabati bilan u yerga ucha olishmaydi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

“Aviauchuvlarning to‘xtatilishi munosabati bilan endilikda rossiyalik sayyohlar Misr Arab Respublikasiga qayta ucha olishmaydi”, — deb xabar berdi u.

Safonov yana shuni alohida ta'kidlab o‘tdiki, ayni damda Misrda 75 ming nafar rossiyalik hordiq chiqarmoqda. Ulardan 40 foizi Sharm-el-Sheyx, 60 foizi esa Xurgada kurortida dam olmoqda.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Misrga parvozlarning to‘xtatilishi A321 halokati bilan bog‘liq emasligini ma'lum qilgan edi.

Top