18:57 / 06.11.2015
9642

Sharof Rashidov tavalludiga 98 yil bo‘ldi

Bugun, 6 noyabr kuni, mashhur vatandoshimiz Sharof Rashidovning tug‘ilganiga 98 yil bo‘ldi. Sobiq Ittifoq davrida qariyb chorak asr mobaynida O‘zbekistonni boshqargan bu arbob tarixda, markazning kuchli nazoratiga qaramay, respublikani rivojlantirishga muayyan hissa qo‘shgan rahbar sifatida nom qoldirdi.

Sharof Rashidov 1917 yilning 6 noyabr kuni Jizzaxda tug‘ildi. 1941 yili Toshkentdagi O‘zbek davlat universitetining filologiya fakultetini tamomladi. 1935 yildan boshlab o‘rta maktabda dars berib keldi. 1941-1942 yillarda harbiy xizmat doirasida Ikkinchi Jahon urushida ishtirok etdi. Turli gazetalarda mas'ul lavozimlarda ishlab keldi.
50-yillardan uning siyosiy faoliyati boshladi. 1959 yildan boshlab O‘zbekiston KP MK birinchi kotibi bo‘ldi. Ko‘plab orden va mukofotlarga sazovor bo‘ldi.

Sharof Rashidov ayni paytda taniqli yozuvchi hamdir. Uning dastlabki she'riy to‘plami “Samarqand kuylari” nomi ostida chop etilgan. “G‘oliblar”, “Bo‘rondan kuchli”, “Qudratli to‘lqin” singari romanlar hamda boshqa ko‘plab asarlar muallifi.

Top