22:30 / 06.11.2015
5485

Toshkentlik firibgar samarqandlik erkakni Shvetsiyaga ishlagani jo‘nataman deb, Parijga uchirib yubordi

Toshkentlik firibgar samarqandlik erkakni Shvetsiyaga ishlagani jo‘nataman deb, Parijga uchirib yubordi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Sharof ismli shaxs samarqandlik Fozil ismli kishi bilan tanishib qolib, uni Shvetsiyaga ishlagani jo‘natishini aytgan. Buning uchun u yangi tanishidan turli yo‘llar bilan 6 ming dollar olgan. Lekin aeroportda Fozil Shvetsiyaga emas, Fransiyaga uchayotganini bilib qolgan. Shunday bo‘lishiga qaramay, u uchib ketgan.

Fozilning yo‘qligida Sharof unga tegishli Nexia avtomashinasini o‘z nomiga o‘tkazib olgan, bundan tashqari, Fozilning rafiqasi Lolani xiyonatga chorlagan. Shunda Lola tegishli organlarga murojaat qilgan.

Ayni paytda jinoyatchining ishini sud ko‘rib chiqmoqda.

Top