00:01 / 07.11.2015
3105

Alibaba kompaniyasi Youku Tudou videoxostingini 4,8 mlrd dollarga sotib olmoqda

Xitoyning Alibaba Group Holdings kompaniyasi Youku Tudou Inc. videoxostingining 81,7 foiz aksiyasini 4,77 mlrd dollar evaziga sotib olmoqda, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Alibaba kompaniya aksiyalarining har birini 27,6 dollardan sotib oladi. Bu qiymat dastlabki muzokaralardan 35 foizga qimmat deganidir. Chunki boshida Alibaba Youku videoxostingining har bir aksiyasiga 26,6 dollar, umumiy qiymatda esa 4,6 mlrd dollar taklif qilgan edi.
Alibaba ushbu videoxizmatni sotib olgach, Xitoyning uchdan bir auditoriyasi uchun mo‘ljallangan Amerika film va seriallarini taqdim etishni rejalashtirgan.
China Internet Network Information Center bergan ma'lumotlarga ko‘ra, iyun oyi bo‘yicha Xitoyda 461 mln kishi onlayn video tomosha qilgan.
Dastlabki savdolarga ko‘ra, Nyu-Yorkda Alibaba kompaniyasining aksiyalari 0,4 foizga oshgan.

Top