AQShning Florida shtatida yashovchi erkak it bilan vahshiy muomalada bo'lgani uchun bir yillik qamoq jazosiga mahkum etildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Erkak it tumshug'ini tishlab, uni bo'g'ishga harakat qilgan. Bu zo'ravonlik sababli it bir ko'ziga ojiz bo'lib qolgan.

Tajovuzkor erkak onasining aytishicha, uning o'g'li mast holatda itdan o'zini tishlashni so'ragan. Erkak itga javoban uni tishlab tashlagan. Sud 37 yoshli erkakni og'ir jinoyat sodir etganlik – hayvonlarga vahshiy munosabatda bo'lganlikda aybdor deb topdi.