08:52 / 07.11.2015
11289

DM: Britaniyaga qarashli samolyot Sharm-ash-Shayxga qo‘nishi paytida raketa bilan urib tushirilishiga bir baxya qolgan

Rossiyaning A321 samolyotining Sinay yarimorolida falokatga uchrashidan taxminan 2 oy avval Buyuk Britaniyaga tegishli, bortida 189 yo‘lovchi bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti Sharm-ash-Shayx aeroportiga qo‘nishi paytida raketa bilan urib tushirilishiga bir baxya qolgan. Bu haqda The Daily Mail nashri manbaga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, noxush voqea 23 avgustda sodir bo‘lgan. Thomson aviakompaniyasiga tegishli samolyot Londondan kelayotgan bo‘lgan. Layner ekipaji uni qo‘ndirayotgan paytda samolyot tomon kelayotgan raketani ko‘rib qolgan.

Samolyotning birinchi uchuvchisi samolyotni chapga olib qochishga ulgurgan, buning evaziga raketa laynerga tegmay, undan taxminan 300 metr nariroqdan uchib o‘tgan. “Ekipajga raketa Misrdagi harbiy mashg‘ulotlar paytida uchirilgani ma'lum qilingan”, deb aytdi manba. Manbaning aytishicha, ekipaj bu holatdan dahshatga tushgan. Shunga qaramasdan, yo‘lovchilarga bu haqda hech narsa aytilmagan.

Top