15:00 / 07.11.2015
7358

«Kommersant'»: Airbus A321 yo‘lovchilaridan bir qismi portlash tufayli halok bo‘lgan

31 oktabr kuni Misrning Sinay yarim orolida halokatga uchragan Airbus A321 samolyoti bo‘yicha yangidan yangi ma'lumotlar paydo bo‘lmoqda.

7 noyabr kuni "Kommersant'" nashri o‘z manbasiga asoslangan holda ushbu havo kemasi yukxonasida kichik bomba portlagani ehtimoli haqida xabar tarqatdi.

Nashrning yozishicha, ushbu bomba suyuqlik solingan shisha ko‘rinishida bo‘lgan va jomadonlar ichida samolyotga kiritilgan hamda masofadan turib harakatga keltirilgan.

Qayd etilishicha, Misr hududidagi jangarilar bunday vositadan foydalanish imkoniyatiga ega hisoblanadi.

Shuningdek, tibbiy ekspertiza xulosalariga ko‘ra, samoyolyot yo‘lovchilarining bir qismi havodayoq portlashdan olingan jarohatlar tufayli halok bo‘lganini tasdiqlovchi dalillar bor.

6 noyabr kuni France 2 telekanalida A321 samolyotining “qora qutilari” dvigatelning nosozligi bilan bog‘liq bo‘lmagan portlashni qayd qilgani haqida ma'lumot aytib o‘tilgandi.

Top