19:58 / 07.11.2015
2945

"MYu" APLning joriy mavsumida raqib darvozalariga berilgan zarbalar soni bo‘yicha 19-o‘rinda

"Manchester Yunayted" jamoasi APLning joriy mavsumida o‘tkazilgan 11 tur natijalariga ko‘ra juda past ko‘rsatkichlarni qayd etib turibdi.

Jamoa futbolchilari 11ta o‘yinda raqib darvozalariga jami 110ta aniq zarba (to‘silgan zarbalar hisobga olingan) yo‘llashgan va 20 jamoa orasida 19-ko‘rsatkichni qayd etishgan.

Bu boradagi eng yomon ko‘rsatkich "Vest Bromvich"ga tegishli bo‘lib turibdi - 109ta zarba.
Qayd etish kerakki, "MYu" 11 turda jami 15ta gol urgan, 8ta gol o‘tkazib yuborgan. Jamoa 6ta g‘alaba, 3ta durang va 3ta mag‘lubiyatli o‘yin o‘tkazgan hamda 21 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.

"Manchester Yunayted" 12-turda aynan "Vest Bromvich"ni qabul qilmoqda.

Ma'lumot uchun, o‘tgan turlardagi o‘yinlarda raqiblar darvozalariga eng ko‘p miqdorda zarba yo‘llagan jamoa "Arsenal" bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rinda «Manchester Siti», uchinchida «Liverpul».

Top