10:18 / 07.11.2015
14795

O‘zbekistonlik yosh paraplanchi Hindistonda fojiali tarzda vafot etdi

5 noyabr kuni kechasi ijtimoiy tarmoqda o‘zbekistonlik yosh paraplanchi Konstantin Trebisovskiy Hindistonda vafot etgani haqida xabar paydo bo‘ldi.

23 yoshli Konstantin Trebisovskiy Hindistonga paraplanchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun borgani aytilgandi.

U osmondagi parvoz vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, fojiali tarzda o‘lim topgan. Hodisaning boshqa tafsilotlari haqida ma'lumotlar yo‘q.

Yuzlab kishilar sportchining feysbukdagi sahifasida o‘z hamdardliklarini bildirishmoqda.

Uning do‘stlari va yaqinlari marhumning tanasini O‘zbekistonga olib kelishda yordam so‘rab, xayriya mablag‘i yig‘ishga kirishgan. Bugun soat 12:00dan 14:00gacha Toshkentdagi EkoParkda mablag‘lar qabul qilib olinishi mumkinligi aytilgan.

Ushbu ishda o‘z yordamini ko‘rsatmoqchi bo‘lganlar quyidagi telefon raqamlari orqali aloqaga chiqishlari so‘raladi:
Denis : +998909003152
Kseniya: +998909699182
Nadya: +998946838283

Top