08:19 / 07.11.2015
5158

Reuters: IShID jangarilari A321 samolyotining falokatiga aloqalari borligi bilan maqtanishgan

IShIDning Suriyaning Rakkadagi jangarilari yetakchilari va ularning Sinay yarimorolidagi ittifoqchilari o‘rtasidagi suhbatda misrlik jangarilar ularning hududlarida Rossiya samolyoti qulaganini maqtanib gapirishgan. Bu haqda NBC telekanaliga AQSh hukumatidagi noma'lum manba xabar bergan, deb ma'lum qilmoqda Reuters axborot agentligi.  

“Ular bu fojiani nishonlashgan”, deb aytdi manba. Uning aytishicha, o‘zaro suhbatda jangarilar samolyot qulagani va buni qanday amalga oshirganliklarini ma'lum qilishgan.

Avvalroq Rossiyada “samolyot bortida portlash sodir bo‘lganini isbotlovchi dalil yo‘qligi” ma'lum qilingandi.  

The Times nashrining ma'lum qilishicha, AQSh va Britaniya razvekdasi birgalikdagi operatsiya natijasida yo‘ldoshli kuzatuv yordamida IShIDning A321 samolyoti bortida bomba bo‘lgani haqidagi ehtimoliy xabarlarini ushlay olgan.    

Top