09:29 / 07.11.2015
3127

Si Tszinpin: biz Janubiy-Xitoy dengizi borasidagi bahsni hamisha tinchlik bilan hal qilishni talab qilganmiz

Xitoy raisi Si Tszinpin Xitoy hamisha Janubiy-Xitoy dengizi borasidagi bahsni muzokaralar yo‘li orqali tinchlik bilan hal qilinishini talab qilganini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Tszinpin bu haqda Singapurga tashrifi davomida aytdi. Tszinpinning ta'kidlashicha, Janubiy-Xitoy dengizi bo‘ylab kemalarning erkin harakatlanishi hech qachon muammo bo‘lmagan va keyin ham muammo bo‘lmaydi.

Avvalroq AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter “Teodor Ruzvelt” harbiy kemasida Janubiy-Xitoy dengizi yaqinida o‘zining malayziyalik hamkasbi Hishomuddin Husayn bilan safar uyushtirishi ma'lum qilingandi.

Bungacha Xitoy va AQSh mudofaa vazirlari birinchi marta Janubiy-Xitoy dengizidagi vaziyatni muhokama qilishgan.

Top