09:34 / 08.11.2015
4258

Devid Kemeron Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi mumkinligini aytdi

Agar Bryussel Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqida a'zolik qilish bo‘yicha bildirgan shartlariga ko‘nmasa, Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishini qo‘llab-quvvatlaydi, deb yozmoqda The Guardian nashri.

“Agar biz kelishuvga erisha olmasak va Buyuk Britaniyaning xavotirlari inobatga olinmasa, o‘ylaymanki bu yuz bermaydi, unda Yevropa Ittifoqi biz uchun to‘g‘ri tanlov ekanligi borasida yana bir bor o‘ylab ko‘rishimizga to‘g‘ri keladi. Men avval aytganimdek, men hech narsani istisno qilmayman”, deb aytdi Kemeron.

Shu bilan birga Kemeron vaziyatni keskinlashtirishni rejalashtirmayotgani va o‘zaro manfaatli kelishuvga erishish mumkinligiga ishonch bildirdi.

Top