Gretsiya sohilbo‘yi qo‘riqchilari va Yevropa Ittifoqining chegaralarni qo‘riqlash tashkiloti Frontex xodimlari Turkiyadan Gretsiya orollariga suzib kelayotgan 383 nafar muhojirning hayotini saqlab qoldi, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi.
Mutaxassislar 6 ta qutqaruv operatsiyasi davomida Gretsiyaning Lesbos va Xios orollari yaqinida 9 ta suzish vositasidan muhojirlarni evakuatsiya qildi. Bu vositalardan 7 tasi puflangan, bittasi plasmassadan yasalgan va yana bittasi yog‘och qayiq bo‘lgan.
Qayd etilishicha, dengizdagi sokinlik evaziga muhojirlar orasida jarohat olish yoki o‘lim holatlari qayd qilinmagan.