22:34 / 08.11.2015
7631

Koreyalik o‘quvchi Hello qo‘shig‘i sabab internet “yulduz”iga aylandi

Adel ijrosidagi Hello qo‘shig‘i haqiqiy xitga aylandi va butun internet olamini qamrab oldi. Uning klipi YouTube da eng ko‘p ko‘rilgan kliplar sirasiga kirdi. Ammo shu kunlarda uning raqibasi paydo bo‘lganligi haqida ovozalar tarqaldi.

Koreyalik maktab o‘quvchisi Adelning Hello qo‘shig‘ini jonli ijro etdi va internet “yulduz”iga aylandi. Qo‘shiq o‘ta darajada hissiyot bilan yurakdan ijro etilgan. Qiz kuylagan Hello xiti uch kun ichida 4 million tomoshaga ega bo‘ldi.

Aslini olib aytganda, internetning yangi yulduzida haqiqiy ma'noda iqtidor bor. Seuldagi musiqa maktabi o‘quvchisi bo‘lgan bu qiz qo‘shiqni do‘sti chalib turgan fortepiano jo‘rligida kuylagan.

Top