20:33 / 08.11.2015
14806

KUN.UZ dayjesti: Haftaning eng qiziqarli xabarlari (2-8 noyabr)

Hurmatli o‘quvchilar, tugayotgan haftada (2-8 noyabr) ro‘y bergan eng qiziqarli yangiliklarni takroran havola etamiz.

Gavayilik 10 yoshli bola akula hamlasidan omon qoldi>>

Gavayi orollari hududida yashovchi 10 yashar Reymond Senensi yirtqich akulaning hujumidan qutulib qolib, qirg‘oqqa chiqib olishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda Metro nashri xabar tarqatdi.

Londonni rekord darajadagi qalin tuman qopladi>>

Buyuk Britaniya poytaxti London shahridagi aeroportlarda rekord darajadagi tuman tushishi tufayli bir necha yuzlab reyslar bekor qilindi. Bu haqda The Independent nashri xabar berdi.

Britaniyalik qassob dunyodagi eng qimmat kolbasa mahsulotini tayyorlaganini ma'lum qildi>>

Britaniyalik qassob Kevin Terner dunyodagi eng qimmat kolbasa mahsulot turini (sosiska) tayyorlaganini ma'lum qildi.

Qozog‘istonda insultga uchragan homilador ayolni saqlab qolishdi>>

Qozog‘istonning Aktobe viloyati, Temir tumanida yashovchi 26 yoshli homilador ayolni insult bo‘lgach, qutqarib qolindi. Ayni damda ona va bolaning hayoti xavfdan xoli.

Oltoyda eng kichkina chuchvara tugildi>>

Oltoy o‘lkasining Biysk shahrida og‘irligi 0,0016 gramm keladigan chuchvara tugildi, deb xabar bermoqda shahar ma'muriyati.

Katta yoshli braziliyaliklarning yarmidan ko‘prog‘i qo‘shib-ayirish amallarini bilmasligi ma'lum bo‘ldi>>

25 yoshdan oshgan braziliyaliklarning yarmidan ko‘prog‘i eng oddiy matematik amallarni bajarishda qiyinchiliklarga duch keladi. Bu haqda 1 noyabr kuni Riu-Grandi-du-Sul federal universiteti (UFRGS) o‘qituvchilari rahbarligi ostida o‘tkazilgan tadqiqot xulosasida gap ketadi.

Avstraliyada ritsarlik instituti tugatildi>>

Avstraliya bosh vaziri Malkolm Tyornbull mamlakatda ritsarlik institutining tugatilganini ma'lum qildi. Ilgari bunday unvon mamlakat oldida alohida xizmat ko‘rsatgan fuqarolarga taqdim etilar edi.

Braziliyada xonaki it ko‘chaga tashlab ketilgan chaqaloqni qutqarib qoldi>>

Ijtimoiy tarmoqlarda yangi tug‘ilgan chaqaloqni o‘z xo‘jayiniga olib kelayotgan xonaki it suratlari tarqaldi.

Tojikistonlik muhojir moskvalik qizda insoniylikka bo‘lgan ishonchni orttirdi>>

Moskva shahrida ishlaydigan tojikistonlik yigit Shafe'zoda moskvalik ayolga hamyoni yo‘qolgani haqida xabar qilishning o‘ziga xos yo‘lini o‘ylab topdi.

Sprint operatori 2,5 mlrd dollar tejash maqsadida o‘z xodimlarini bepul suv va yogurtdan mahrum qildi>>

AQShning Sprint telekommunikatsion kompaniyasi xarajatlarni qisqartirish va 2,5 mlrd dollar tejash maqsadida o‘z xodimlarini bepul suv, snek va yogurtdan mahrum qildi. Kompaniya bosh direktori Marselo Klaurening o‘z xodimlariga bu haqdagi murojaati Wall Street Journal nashri ixtiyoriga kelib tushdi. 

HSBC bankining daromadi tahlilchilarni hayratda qoldirdi>>

Yevropaning eng yirik banki bo‘lmish HSBC uchinchi chorak yakunlariga ko‘ra daromadning sezilarli darajada o‘sganini xabar qildi. Bloomberg agentligining ma'lum qilishicha, bu sudgacha bo‘lgan jarima va kelishuvlarga ajratiladigan xarajatlarning qisqartirilishi bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari, operatsion xarajatlar ham qisqargan.

Dima Bilan harbiy dramada bosh rol ijrochisi sifatida suratga tushdi>>

Rossiyalik xonanda Dima Bilan bosh rollardan birini ijro etgan «Qahramon filmi»ning treyleri internetda paydo bo‘ldi.

Bollivud yulduzi Shohrux Xon o‘zining 50 yillik yubileyini nishonlamoqda>>

Yurtdoshlari uni “Bollivud qiroli” deb atashadi, biroq uning birinchi taxallusi kinematografiya bilan bog‘liq bo‘lmagan.

Xorazmda 3D formatdagi kinoteatr ochiladi>>

Xorazm viloyatida hududning tur-marshrutlari va xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha 45 loyiha amalga oshirilishi belgilangan. 29 ta loyiha amalga oshirildi, 8 ta loyihada ishlar davom etmoqda. 

Qozog‘istonning NTK telekanali turk va hind seriallariga “dam” bermoqchi>>

Qozog‘istondagi NTK telekanali yangi 2015-2016 televizon mavsumida o‘zi suratga olgan birvarakayiga oltita ko‘p seriyali kartinalarni efirga uzatib, hind va turk seriallarini “chetga surib” qo‘ymoqchi.

Anjyelina Joli va Bred Pitt birgalikda intervyu berishdi>>

Gollivudning yulduzli juftligi Anjyelina Joli va Bred Pitt birgalikda intervyu berishdi. Juftlik Tom Brokau ko‘rsatuviga taklif qilindilar va o‘zlari birga suratga tushgan “Moviy sohil” filmi, o‘zaro munosabatlari haqida gapirib berdilar va oilalaridagi ba'zi muammolar haqidagi mish-mishlarga izoh berib o‘tdilar.

«007: Spektr» filmi Buyuk Britaniyada rekord darajada mablag‘ yig‘di>>

Bond sarguzashtlari haqidagi filmlarning 24-qismi, «007: Spektr» filmi Buyuk Britaniya kinoprokatida namoyishlarning ilk haftasidayoq 80,4 mln dollar jamg‘ardi va Buyuk Britaniya rekordini o‘rnatdi.

Aktyor Jorj Kluni o‘zining rafiqasi Amal Alamuddinga to‘ylarining bir yilligi munosabati bilan restoran sovg‘a qildi>>

Taniqli amerikalik aktyor Jorj Kluni o‘zining rafiqasi, kelib chiqishi livanlik bo‘lgan advokat Amal Alamuddinga to‘ylarining bir yilligi munosabati bilan restoran sovg‘a qildi. Kluni va Alamuddin o‘tgan yilning sentabr oyida Venetsiya meriyasida nikohlarini qayd qilishgan edi. 

Kia Optima sedani kabrioletga aylantiriladi>>

Kia kompaniyasi 3 noyabrda ochiladigan SEMA 2015 tyuning-shousi uchun A1A deb nomlangan navbatdagi loyihasini namoyish qildi. U o‘zidan oxirgi avloddagi Kia Optima sedanining usti ochiq, ya'ni kabriolet versiyasini aks ettiradi.

Youtube portali Subaru poyga avtomobilidan yon atrofga qarash imkoniyatini beruvchi videorolik joylashtirdi>>

Portalda Subaru poyga avtomobilidan yon atrofga qarash imkoniyatini beruvchi videorolik joylashtirdi. Rolikdagi tasvirni sichqoncha ko‘rsatkichi bilan ushlab, 360 gradusga burish mumkin.

Estoniyalik darvozabon faoliyatidagi so‘nggi uchrashuvda qizil kartochka oldi>>

Estoniya chempionati vakili "Levadiya" jamoasi darvozaboni Sergey Pareyko "Flora" jamoasiga qarshi "Tallin derbisi" uchrashuvida qizil kartochka olib, maydonni jamoadoshlaridan ancha oldin tark etdi.

Krishtianu Ronaldu: Balki siz uchun Messi eng zo‘ridir, lekin men uchun o‘zim yaxshiroqman>>

"Real" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Barselona" vakili Lionel Messi bilan raqobat borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

Yerda magnit bo‘roni boshlandi>>

29 oktabr kuni Quyoshda yirik portlash sodir bo‘lganidan so‘ng 3 noyabr kuni Yerda magnit bo‘roni boshlandi.

Bangkok osmonidan meteorit uchib o‘tdi>>

Tailand poytaxti Bangkok ustidan yirik yorug‘lik taratuvchi meteorit uchib o‘tdi. Guvohlar shahar osmonini yoritgan osmon jismining parvozini avtoregistratorlar yordamida olingan video tasvirlarni internetga joylashtirishdi.

Muslima Avstraliyada “Yil Ayoli” bo‘ldi>>

Avstraliyada o‘tkazilgan Telstra NSW-2015 mukofotining “Yilning tadbirkor ayoli” yo‘nalishida muhandis-konstruktor, madaniyat bo‘yicha maslaxatchi va Qirollik Avstraliya dengiz floti biznes-lideri, kapitan Mona Shindi (Mona Shindy) eng yaxshi deb topildi.

Yaponiya Tojikiston va Afg‘onistonda chigirtkalarga qarshi kurashadi>>

Yaponiya Tojikiston, Afg‘oniston va Qirg‘izistonda chigirtkalarga qarshi kurash loyihasiga 5 mln dollar ajratadi. Loyiha uch yilga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘tgan yili “Markaziy Osiyo Yaponiya” dialogi doirasidagi TIVlar uchrashuvida Tojikiston tashabbusi bilan imzolangan edi.

AQShda 2 o‘smir 100ta gamburger sotib olib, uysizlarga tarqatishdi>>

Amerikalik ikki yigit uysiz kambag‘allarning qornini to‘yg‘azish va ularning ahvoli haqida jamoatchilikka yetkazish maqsadida xayriya tadbiri o‘tkazishdi. Ularning bu harakatlari videotasvirga olingan va bu tasvir internetga joylashtirilgan.

Ruhiy nosog‘lom xitoylik o‘z pullarini yirtib tashladi>>

Xitoyning Sichuan viloyati, Emeyshan shahridagi 70 yoshli Lo 47600 yuanni yirtib tashladi. Bu uning nosog‘lom ruhiy holati bois sodir bo‘ldi. Lo o‘ziga kelgach, qilgan ishidan afsuslanib, qayg‘uga botib qolgan. Uning oila a'zolari unga yordam berishga ahd qilishdi.

Amerikaliklar xudoga kamroq ishonmoqda>>

AQSh aholisi biror-bir dinga kamroq e'tiqod qila boshladi, deya xabar tarqatdi Reuters agentligi Pew Research Center izlanishlari natijalariga asoslanib. 

Arizonalik erkak nabirasi qo‘liga to‘pponcha berib, uning yakka o‘zini cho‘lda qoldirib ketdi>>

AQShning Arizona shtatida yashovchi erkak o‘zining besh yoshli qiz nabirasining qo‘liga qurol berib, yolg‘iz o‘zini cho‘lda qoldirib ketgani huquq-tartibot idorasi xodimlarining diqqat markaziga tushdi. Reuters bergan xabarga ko‘ra 53 yoshli erkak o‘z nabirasini “qalin-qattiqqa” o‘rgatmoqchi bo‘lgan.

Gelenjikda tez yordam mashinasiga hujum qilgan Rolls-Royce egasi jabrlanuvchi deb topildi>>

Gelenjikda tez yordam brigadasi xodimlari bilan mushtlashgan Rolls-Royce egasi Jo‘mart Kamenov jabrlanuvchi deb topildi. Bu haqda “Yugopolis” nashri xabar bermoqda.

Amerikalik sportchi sakrash vaqtida o‘z parashyutini yoqib yubordi>>

AQShlik parashyutdan sakrash bo‘yicha instruktor Brianna Tompson barchani e'tiborini o‘zi tomonidan amalga oshirilgan tryukka qaratdi.

Braziliyada hovlida zaharli ilonni tutib olgan go‘dak uni tishlab o‘ldirdi>>

Braziliyaning Mostardas shahrida 17 oylik Lorentso o‘zi yashaydigan uyning orqa hovlisida tutib olgan zaharli ilonni tishlab, o‘ldirdi, deya yozmoqda Latin American Herald Tribune nashri.

Britaniyada Subway restorani xodimasi muzlatgichda bir kechaga qamalib qoldi>>

Buyuk Britaniyadagi Subway restoranlar tarmog‘ining Gloster shahridagi shoxobchasida ishlaydigan Karli ismli qiz restorandagi muzlatgichda 8 soatga yaqin vaqt o‘tkazdi, deb xabar bermoqda The Independent nashri.

Munisa Rizayeva yana bir marotaba tanqidchilarni “Xudoga soldi”>>

Oxirgi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda va matbuotda ko‘plab muhokamaga sabab bo‘layotgan xonanda Munisa Rizayeva 19-21 oktabr kunlari “Istiqlol” san'at saroyida o‘tkazgan konsert dasturidan so‘ng yana bir bora internet qahramoniga aylandi. 

O‘zbekistonliklar "O‘zbekistonning yetti mo‘'jizasi"ni aniqlashadi>>

"O‘zbekistonning yetti mo‘'jizasi"ni aniqlash uchun tashkil qilingan aksiyaning final bosqichi boshlandi. Ushbu aksiya orqali O‘zbekistonning eng mashhur tarixiy va sayyohlik obektlariga ovoz berlib, 7ta g‘olib saralanadi. Bu haqda ZiyoNET portali ma'lum qilgan.

“Shum bola” filmi byudjyeti qanday tejalgani aytildi>>

“Oila davrasida” gazetasi O‘zbekiston kinematografining mumtoz kartinalaridan biriga aylangan “Shum bola” filmiga oid bir qancha qiziqarli tafsilotlar haqida yozib chiqdi. Ilgari ularning ayrimlari keng jamoatchilikka yaxshi tanish emas edi.

Amazon o‘zining ilk oflayn kitob do‘konini ochdi>>

1995 yildan beri kitoblar sotishni boshlagan Amazon onlayn-do‘koni 20 yil o‘tib, oflayn ko‘rinishda ham ish boshladi. 

Candy Crush Saga o‘yinini ishlab chiqqan kompaniya 5,9 mlrd dollarga sotildi>>

Activision Blizzard nashriyoti King Digital Entertainment — mashhur Candy Crush Saga o‘yinini yaratgan kompaniyani sotib oldi. Bu haqda Reuters xabar qildi.

Google ko‘chadagi bilbordlarda “aqlli” reklamani ishga tushirdi>>

Google kompaniyasi Londonning ko‘cha bilbordlarida (ko‘cha reklamasi uchun mo‘ljallangan moslamalar)  DoubleClick relevant reklama texnologiyalarini sinovdan o‘tkazishni boshladi, xeb xabar bermoqda Business Insider nashri

Google o‘zining “aqlli” avtomobillarini yo‘llarda bolalarni tanishga o‘rgatmoqda>>

Google kompaniyasi o‘zining avtopilotga ega avtomobillarini yo‘llarda bolalarni tanishga o‘rgatmoqda. Bu haqda kompaniyaning rasmiy blogida ma'lum qilindi.

Melburn hayvonot bog‘iga kirgan yovvoyi tulki 14 pingvinni bo‘g‘ib o‘ldirdi>>

3 noyabrga o‘tra kechasi Avstraliyaning Melburn shahridagi hayvonot bog‘iga kirgan yovvoyi tulki 14ta kichik pingvinni bo‘g‘ib o‘ldirdi. Bu haqda muassasa rahbariyati ma'lum qildi.

Dronlar 50 km/soat tezlikda to‘siqlarni chetlab o‘tishni o‘rgandi>>

Massachusets texnologik universiteti axborot texnologiyalari va sun'iy intellekt laboratoriyasi tadqiqotchilari dronlarga 50 km/soat tezlikda to‘siqlarni chetlab o‘tish imkonini beruvchi tizimni yaratishdi. Bu haqda laboratoriya saytida xabar qilindi.

Walmart savdo tarmog‘ining sobiq rahbari o‘zi boshqargan samolyotni parashyut yordamida yo‘lga qo‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi>>

AQShning Arkanzas shtatida samolyot uchuvchisi parashyutdan foydalangan holda o‘zi boshqarayotgan samolyotni avtomobil yo‘liga shoshilinch tarzda qo‘ndirishga majbur bo‘lgan.

Toshkentda yengil avtomashina o‘raga tushib ketdi>>

Bugun, 4 noyabr kuni, Toshkentda mudofaa vazirligi harbiy gospitali yaqinida yengil avtomashina o‘raga tushib ketdi.

Emirates samolyotlariga yirtqich jonivorlar tasvirlari tushirildi>>

Dubayning Emirates Airline kompaniyasiga tegishli ikki yirik Airbus A380 samolyotlarining tashqi yuzasiga United World Wildlife xayriya aksiyasi doirasida yirtqich jonivorlar tasvirlari tushirildi. Bu haqda Emirates 24/7 portali xabar berdi.

Avstraliyalik avtosayohatchilar Toshkentga tashrif buyurishdi>>

Avstraliyalik avtosayohatchilar Toshkentga yetib kelishdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar qilindi.

Amerikalik oshiq yigit sevgilisiga o‘z tishi o‘rnatilgan nikoh uzugi sovg‘a qildi>>

AQShning Kaliforniya shtatida istiqomat qiluvchi Lukas Unger o‘zining sevgilisi Karli Leyfkesning qo‘lini so‘rashning ajoyib yo‘lini o‘ylab topdi. Oshiq qizga tosh o‘rniga o‘zining tishi o‘rnatilgan nikoh uzugi sovg‘a qildi.

Qozog‘istonlik 8 yoshli bokschi qiz 1 daqiqada 100ta zarba berishga ulgurmoqda>>

Qozog‘istonning Pavlodar shahrida yashovchi Evnika Sadvakasova o‘zining sportdagi iqtidori bilan internet foydalanuvchilarining e'tiborini jalb qilishda davom etmoqda, deb yozadi «Ekspress K».

AQShda sovuq bilan davolanadigan salonda bir qiz sovuq qotishdan olamdan o‘tdi>>

AQShda sovuqlik muolajalariga mo‘ljallangan salonlardan birining xodimasi kabinalardan birida olamdan o‘tdi.

Musulmon regbichi o‘z medalini muxlisiga sovg‘a qildi>>

Xabaringiz bo‘lsa, regbi bo‘yicha Yangi Zelandiya terma jamoasi jahon chempioni bo‘ldi. Ana shu kuni, ya'ni Avstraliya va Yangi Zelandiya o‘rtasidagi final o‘yiniga atalgan marosimning tugashi bilan 14 yoshli Charli Layns (Charlie Lines) maydonga tushib keladi. Maqsad yangi Zelandiya terma jamoasi yulduzi, o‘z mamlakatining qahramoni, All Black jamoasi o‘yinchisi, mashhur musulmon sportchi Sonni Bill Uilyams (Sonny Bill Williams)ni g‘alaba bilan qutlash bo‘lgan.

Misrda halokatga uchragan A321 avialaynerining komandiri aslan o‘zbekistonlik bo‘lib chiqdi>>

“Rossiyskaya gazeta” nashrining xabar qilishicha, Misrda halokatga uchragan A321 avialaynerining komandiri Valeriy Nemov 1967 yilda Toshkentda tug‘ilgan.

«Kitob olami» do‘koni haqida 10 ma'lumot (fotoreportaj)>>

Xabaringiz bo‘lsa kerak, yaqindagina poytaxtimizda kitobsevarlar uchun yangi maskan ishga tushirilgan edi. Kun.uz sayti taxririyati mutolaa ishqibozlarini mazkur majmua faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida fotoreportaj uyushtirdi.

Uolt Disneyning shu vaqtgacha yo‘qolgan deb hisoblab kelingan ilk multfilmi topildi>>

Shu kungacha yo‘qolib ketgan deb hisoblanadigan, Uolt Disney tomonidan bundan 87 yil muqaddam suratga olingan multfilm Britaniya kino instituti arxividan topildi.

Jasur Umirov o‘z klipida Anvar Sanayevni dog‘da qoldirib ketdi>>

Xonanda Jasur Umirovning “Kabutarim” nomli yangi qo‘shig‘iga ishlangan videoklipdan uning sexdoshi Anvar Sanayevning muxlislariga yoqmaydigan sahna o‘rin oldi: Sanayev klip suratga olayotgan chog‘da to‘satdan Umirovni ko‘rib qolgan klipmeyker uning ortidan yugurib ketib qoladi, Anvar Sanayev esa hayron bo‘lib qolaveradi.

Gmail dasturi sun'iy intellekt yordamida mustaqil ravishda maktublarga javob bera boshladi>>

Gmail mobil dasturi mobil qurilmadan maktubga yo‘l-yo‘lakay tez javob berishning uchta qisqa variantini taklif qiluvchi Smart Reply funksiyasini oladi, deb xabar berilmoqda Google’ning rasmiy tadqiqotlar blogida.

"Lion" "Zenit"ning kiyim almashtirish xonasida 1 quti limon qoldirdi>>

Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasi YeChLning 4-turidagi "Lion"ga qarshi uchrashuvni o‘tkazish uchun Fransiyaga kelishganida g‘alati voqeaga duch kelishdi.

Yaponiyada dori vositalari dronlar orqali yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yiladi>>

Yaponiyada 2018 yildan boshlab dori vositalarini uchuvchisiz dronlar orqali yetkazib berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda, deya xabar beradi Nikkei.

NASA Marsga uchishni istovchilardan hujjat qabul qilishni boshlaydi>>

NASA Marsga parvozni amalga oshirishga tayyorgarlik missiyasi doirasida “qizil sayyora”ga uchishni istovchilardan ariza qabul qilish sanasiga oydinlik kiritdi. Anketalar joriy yilning 14 dekabridan 2016 yilning fevral oyi o‘rtalariga qadar davom etadi.

AQShda 86 yoshli keksa ayol o‘zini o‘g‘irlab ketgan uch o‘smirning qo‘lidan qutula oldi>>

AQShning Vashington shtatida qotillik amalga oshirish maqsadida odam o‘g‘irlash aybi bilan uch o‘smir hibsga olindi. O‘smirlar Kenevik shahrida Xezel Abel ismli 86 yoshli kampirni o‘z uyidan o‘g‘irlab, ayolni o‘z avtomobili yukxonasida Oregon shtatiga olib ketishgan. 

O‘zini itga o‘xshatgan buzoqcha ijtimoiy tarmoqlar “yulduzi”ga aylandi>>

O‘zini it deb tasavvur etuvchi buzoqcha Goliaf ijtimoiy tarmoqlarning qahramoniga aylandi, deb xabar bermoqda CountryLiving.com. Uning egasi Sheyli Xabbs degan ayol. Buzoqcha bir kunligida ayol uni topib olgan.

Navoiy viloyatida bir oilada to‘rt qizaloq tug‘ildi>>

Yaqinda Farg‘ona viloyatida bir yo‘la to‘rt egizak tug‘ilgani haqida xabar berilgan edi. Xuddi shunday quvonchli voqea Navoiy viloyat perinatal markazida ham ro‘y berdi.

Reaktiv ranetslarga ega pilotlar A380 samolyoti yonidan uchib o‘tishdi>>

Shveytsariyalik uchuvchi Iv Rossi va uning shogirdi, parashyutchi Vins Reffet qanot shaklidagi reaktiv ranets taqqan holda Airbus A380 yo‘lovchi samolyoti yaqinidan uchib o‘tishdi. 

Amerika politsiyasi 13 yil oldin yo‘qolgan bolani topdi>>

Amerika politsiyasi 13 yil avval yo‘qolgan bolani topdi. CNN telekanali ma'lumotiga ko‘ra, bolakay o‘z otasi tomonidan o‘g‘irlangan.

Facebook foydalanuvchilari soni 1,5 milliard nafardan oshdi>>

2015 yilning uchinchi choragida Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntlar soni 60 milliontaga oshdi. 30 oktabr holatiga ko‘ra, dunyo miqyosida 1,55 milliard foydalanuvchi mazkur ijtimoiy tarmoqda o‘z sahifasini ochgan, deya xabar bermoqda VVS telekanali 5 noyabr kuni kompaniya ma'lumotiga asoslangan holda. Mazkur ko‘rsatkich har oyda oshib bormoqda.

Tennischi Serena Uilyams telefonini o‘g‘irlagan o‘g‘rini tutib oldi>>

Ayollar tennisi assotsiatsiyasi ro‘yxatida birinchi o‘rinda qayd etilgan Serena Uilyams telefonini o‘g‘irlab ketgan o‘g‘rini ushlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda 34 yoshli amerikalik sportchi o‘z Instagram sahifasida xabar bergan.

AQShda Linkolnning qo‘lyozmalari kim oshdi savdosi orqali 2,2 mln dollarga sotildi>>

AQShning 16-prezidenti Avraam Linkolnga tegishli bo‘lgan qo‘lyozmalar Nyu-Yorkda kim oshdi savdosiga qo‘yildi va 2,213 mln dollarga sotildi. Bu haqda Heritage Auctions savdolar uyiga asoslanib, RIA Novosti xabar bergan.

Oklend aeroportida xaka raqsi. Yangi zelandiyalik regbichilar shunday kutib olindi>>

Regbi bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Yangi Zelandiya terma jamoasi Oklend xalqaro aeroportida keng sport jamoatchiligi tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.

Xitoyda Apple himoyasini buzib, iPhone 6'ga qo‘shimcha xotira o‘rnatish xizmati yo‘lga qo‘yildi>>

Xitoydagi bir nechta do‘konlar qo‘shimcha to‘lov evaziga iPhone 6 foydalanuvchilariga ularning smartfonlari xotirasini kengaytirib berishni taklif qilmoqda, deb yozmoqda SlashGear.

Irkutsk meri mahalliy amaldorlar qo‘liga belkurak berib, qor kurashga safarbar qildi>>

Kommunal xizmatlar faoliyatidan qoniqmagan Irkutsk shahri (Rossiya) meri Dmitriy Berdnikov uy-joy va kommunal xizmatlar uchun javobgar amaldorlarni qor kurashga safarbar qildi, deya xabar bermoqda FlashSiberia manbasi shahar meriyasi ma'lumotiga asoslangan holda.

Hindiston politsiya labrador itini mukofotlashni rejalashtiryapti>>

Hindiston hukumati portlovchi qurilmani o‘ta tezlikda topib, maxsus xizmat xodimlarida ulkan taassurot qoldirgan yetti yoshli politsiya xizmatidagi itni taqdirlashni rejalashtiryapti. OAVning ma'lum qilishicha, gap labrador zotli, Reks laqabli it xususida bormoqda. U Hindi

Top