11:08 / 08.11.2015
2582

Mamlakatga parvozlarning bekor qilinishi tufayli Misr turistik sektori 500 mln dollar yo‘qotadi

Qish mavsumida Misr kurortlarida joylarning band etilishining bekor qilinishi, bir qator mamlakatlardan parvozlarning to‘xtatilishi tufayli mamlakatning turistik sektori 500 mln dollar zarar ko‘radi. Bu haqda Misr turistik palatalari uyushmasi boshqaruvi a'zosi, Qizil dengiz kurortlaridagi eng yirik mehmonxonalar tarmoqlaridan birining egasi Xusom ash-Shoir ma'lum qildi.

“Bir qator mamlakatlardan parvozlar amalga oshirilishining to‘xtatilishi va qish mavsumi uchun mehmonxonalarda joylar band etilishining bekor qilinishi tufayli keladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar 500 mln dollarni tashkil qiladi. Hisob-kitoblarimizga qaraganda, agar masala yaqin 4-5 kunda hal qilinmasa, Misr bir yil davomida 2 mlrd dollar yo‘qotadi”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Juma kuni Rossiya aviaaloqani to‘xtatib qo‘ydi, A321 samolyoti halokati yuzasidan surishtiruv ishlari yakunlanmaguniga qadar bu taqiq amal qiladi. Undan ilgariroq Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Irlandiya va Fransiya barcha reyslarni bekor qilgan edi.

Top