22:08 / 08.11.2015
2518

OAV: ayrim Afrika davlatlariga 2 milliard AQSh dollari qiymatida moddiy yordam beriladi

Yevropa Ittifoqi boshqaruv organlari Afrikaga moddiy yordam ko‘rsatuvchi reja amalga oshirishga tayyor ekanligini ma'lum qilishmoqda. Buning uchun Yevropada fuqarolari muhojir sifatida kelgan Afrika qit'asidagi ayrim davlatlar o‘n minglab o‘z fuqarolarini qabul qilishlari lozim bo‘ladi. Bu haqda Bryusseldagi o‘z manbasiga asoslanib, Sunday Telegraph gazetasi xabar qilmoqda.

London muhojirlar borasida rasmiy Bryussel olib borayotgan loyihalarga aralashmasligini bildirmoqda. Buning o‘rniga Buyuk Britaniya 2020 yilga qadar 20 ming nafarga yaqin suriyalik qochqinni mamlakat hududiga qabul qilishini ta'kidlab o‘tgan.

Ma'lum bo‘lishicha, Efiopiya, Sudan, Uganda va Keniya singari Afrika davlatlariga 2 milliard AQSh dollari hisobida moddiy yordam ko‘rsatilinadi. Yaqin kunlarda shu maqsadga yo‘naltirilgan fond tashkil etish ham nazarda tutilgan.

Top