01:38 / 08.11.2015
7370

Ramzon Qodirov “Spartak” darvozasiga to‘plar urgan “Terek” futbolchilariga mashina sovg‘a qildi

Grozniyning “Terek” futbol jamoasi vitse-prezidenti Haydar Alxanovning aytishicha, Moskvaning “Spartak” jamoasi darvozasiga to‘plar kiritgan “Terek” futbolchilari – yarimhimoyachi Adilson Varken (21-daq.) va hujumchi Ablayye Mbenge (80-daq.) Checheniston rahbari, jamoa prezidenti Ramzon Qodirovdan sovg‘a sifatida “Toyota Kamri” mashinalari bilan taqdirlanishdi.

Shuningdek, jamoaning qolgan o‘yinchilariga uch karralik mukofot pullari berildi.

Uchrashuv Rossiya chempionatining 15-turida “Terek” maydonida bo‘lib o‘tdi hamda grozniyliklarning 2:1 hisobidagi irodali g‘alabasi bilan yakunlandi. 

“Varken va Mbengega “Toyote Kamri” sovg‘a qilindi. Qolgan barcha yigitlarga uch karralik mukofot pullari berildi. Respublikamiz rahbari shunday hotamtoylik qildi. U o‘yinning o‘zidan va urilgan chiroyli gollardan juda ham mamnun bo‘ldi. Shuning uchun xursandchilikda shunday sovg‘alar qilishga qaror qildi”, deb aytdi Alxanov.

“Terek” shu g‘alabasi evaziga “Spartak”ka yetib oldi, biroq qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha undan bir pog‘ona pastroqda turibdi: jamoalar 23 ochko bilan 5- va 6-o‘rinni egallamoqdalar.

Top