18:12 / 08.11.2015
9701

Tergov A321 bortida bomba portlaganiga 90 foizga amin

Misrda sodir bo‘lgan aviahalokatni o‘rganayotgan ekspertlar guruhi samolyot bortida bomba portlaganiga 90 foizga amin bo‘ldi, deb xabar beradi Reuters agentligi.

Aytilishicha, bu portlash “qora quti”da ham aks etgandir. Ilgariroq unda qayd qilingan tushunarsiz ovozlar aynan bomba portlashi ekanligi taxmin qilinmoqda.

Ilgariroq xabar qilinganidek, portlashni uyushtirgan terrorchilar Britaniya shevasida gapirgani aniqlandi.

Top