17:19 / 09.11.2015
4275

Britaniya Rossiyaga A321 haqida razvedka xulosalarini yetkazdi

Buyuk Britaniya TIV tarqatgan xabarnomaga ko‘ra, rasmiy London Rossiyaga A321 samolyoti halokati yuzasidan mamlakat razvedkasi to‘plagan materiallar xulosalari aks etgan hujjatni yetkazgan. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“Odatda biz razvedka bilan bog‘liq masalalarga izoh bermaymiz, - dedi idora vakili. – Shunga qaramay, biz qo‘limizdagi axborotga asosan qaror qabul qildik. Ilgari bosh vazir va TIV rahbari bayon qilganidek, Rossiya avialayneri portlovchi uskuna tufayli halokatga uchragani ehtimoli juda yuqori. Biz o‘z xulosalarimizni hamkorlarimizga, shu jumladan Rossiyaga taqdim etamiz. Axborotning bir qismi maxfiy sanaladi, ammo biz imkoni bo‘lgan barcha materiallarni yetkazamiz”.

Top