09:30 / 09.11.2015
4897

Eron TIV 3 nafar eronlikning qatliga izoh so‘rab, Saudiya Arabistoni elchisini chaqirtirdi

Saudiya Arabistoni elchisi Eron Tashqi ishlar vazirligiga Saudiyada 3 nafar eronlikning qatl qilinishi yuzasidan izoh so‘rash maqsadida chaqirtirildi. Bu haqda ISNA agentligiga asoslangan holda Associated Press xabar tarqatgan.

Xabarda aytilishicha, Saudiya Arabistoni hukumati 3 nafar eronlikni giyohvand moddalar savdosida aybdor deb topib, qatlga buyurgan. Hukm 8 noyabr kuni Dammam shahrida ijro etilgan.

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyi oxirida Bayrutdagi aeroportda saudiyalik shahzodalardan biri 2 tonna narkotik bilan qo‘lga tushgani xabar qilingandi. Shahzoda tekshiruvdan o‘tkazilganda uning yuklari orasidani 40 qadoqlangan qutiga joylashtirilgan jami og‘irligi 2 tonna giyohvand moddalar qo‘lga olingan. U Bayrutdan shaxsiy samolyoti orqali Saudiya qirolligiga parvoz qilishni rejalashtirgan bo‘lgan.

Top