18:48 / 09.11.2015
2211

Yevroguruh yaqin kunlarda Gretsiyaga 2 mlrd yevrolik yordam puli ajratish haqidagi qarorni qabul qiladi

Yevroguruh Gretsiya tomonidan unga 2 mlrd yevrolik yangi yordam transhi ajratish uchun mezonlarni bajarishini muhokama qiladi, bu qaror yaqin kunlarda qabul qilinadi. Bu haqda iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo‘yicha yevrokomissar Per Moskovisi aytdi.

“Men Gretsiyadan keldim va Yevrokomissiyaga Gretsiyaning byudjyet vazifalarni bajarishi bo‘yicha ma'lumot berdim. Biz hozircha 2 mlrd yevrolik keyingi yordam transhini ajratish bo‘yicha kelishuvga erishmadik, biroq bu yaqin kunlarda yuz berishi mumkin”, deb aytdi Moskovisi.

Moskovisining ta'kidlashicha, Gretsiya byudjyet defitsiti va ishsizlik darajasini kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi, biroq “bundan ham ko‘proq natijalar, bundan ham yuqoriroq iqtisodiy o‘sish sur'atlari zarur”.

Top