12:09 / 09.11.2015
5802

Gulsanam Mamazoitova: Kontsert sifatini uning sonini ko‘paytirib, yo‘qotishni istamayman

Gulsanam Mamazoitova Ulug‘bek Rahmatullayev konsertiga tashrif buyurgan vaqtda jurnalist bilan gaplashdi va o‘z ijodidagi so‘nggi yangiliklari haqida ma'lumot berdi.

"Ayni paytda 2016 yilning fevral oyidagi yakkaxon konsertimga qizg‘in tayyorgarlik boshlangan. 5 kunlik konsertim jonli ijroda o‘tadi. Shu bois kun sonini ko‘paytirishni lozim deb bilmayman. Ustiga-ustak, ko‘p qo‘shiqlarim avjli, yuqori pardada kuylanadi. Kontsert sifatini uning sonini ko‘paytirib, yo‘qotishni istamayman. Undan tashqari, akam Otabek Muhammadzohid ijrosida kuylangan “Samarqand” nomli qo‘shiqni o‘z uslubimda kuylashni rejalashtirganman. Dunyo tamaddunida alohida ahamiyatga ega qadimiy shahar – Samarqand haqidagi ushbu dillarni titratguvchi qo‘shiq yangi dasturimda iftoxorga to‘la taronalarimdan biri bo‘lishiga umid qilaman" – deydi qo‘shiqchi.

Ma'lumotlarga qaraganda, Gulsanam Mamazoitovaning fevral oyidagi konsertlarini tashkil etishda Ozodbekning prodyuseri Ilyos Dadaboyev yaqindan ko‘mak beradi.

Top