00:36 / 09.11.2015
2993

Lufthansa uchuvchilari ish tashlashni uzaytirishdi

Lufthansa aviakompaniyasi ekipajlari manfaatlarini himoya qiluvchi kasaba uyushma kompaniya xodimlari tomonidan e'lon qilingan ish tashlash uzaytirilishini e'lon qildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Germaniyaning eng yirik aviatashuvchisi Lufthansa aviakompaniyasi xodimlari 6 noyabrdan beri ishga chiqmayaptilar.

Ma'lum qilinishicha, aviakompaniya xodimlari Frankfurt, Myunxen va Dyusseldorf aeroportlarida ish tashlashni davom ettiradilar.

Lufthansa’da shu sabab 929 ta reys bekor qilinishi aytildi. Bu 113 ming yo‘lovchiga ta'sir qiladi.

Kasaba uyushma xodimlar pensiyaga muddatidan avval ketadigan bo‘lsalar, kompaniya o‘zining 19 ming xodimiga to‘lovlar to‘lanishini ta'minlashini talab qilmoqda.

Top