11:24 / 09.11.2015
14626

Mutaxassis O‘zbekistonning seysmik faollik eng kuchli hududini aytdi

Farg‘ona vodiysi O‘zbekistonning boshqa hududlariga nisbatan seysmik faol nuqta hisoblanadi. Bu haqda O‘zFA Seysmologiya instituti laboratoriyasi rahbari Turdiali Ortiqov aytib o‘tdi.

“Institutimizning olimlar jamoasi mamlakatimizdagi bir qator seysmik faol hududlarini aniqlashgan, - dedi u “Darakchi” muxbiri bilan suhbatda. – Masalan, Farg‘ona vodiysi nisbatan seysmik faol hududlardan sanaladi. Chunki bu yerda tektonik harakat yer sathining yuqori qatlamlarida ro‘y beradi. Masalan, 1902 yilda Andijonda yer sathining yuqori qismida 6.4 ball magnitudali yer qimirlashi kuzatilgan va shahar deyarli vayronaga aylangan. Zilzilaning intenvislik darajasi 9 balldan ko‘proqni tashkil qilgan”.

Top