14:53 / 09.11.2015
5278

Mutaxassislar: Global isish ta'sirida Nyu-York va London suv ostida qolishi mumkin

Iqlim sohasi mutaxassislari global isishning ta'siri natijalarini o‘rganib chiqishdi. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, havo haroratining kichik miqdorda o‘sishi ham dunyodagi yirik megopolislarning suv ostida qolib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Amerikaning klimatologiya markazi xodimlari o‘rganishi bo‘yicha global isish natijasida London, Shanxay, Nyu-York, Sidney va boshqa megopolis shaharlar suv ostida qolish xavfiga ega bo‘lishi mumkin.

«Tselsiy shkalasi bo‘yicha havo haroratining o‘rtacha issiqlik darajasi 2 gradusga ko‘tarilsa, bir qator yirik shaharlar cho‘kib ketish xavfi ostida qoladi», – deya gapirib o‘tdi tadqiqot guruhi rahbari Ben Stross, klimatologiya markaziy saytida.

Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bu xavfli holat emas. Agar yer sharining o‘rtacha harorati 4 darajaga isiydigan bo‘lsa, buning natijasida kelib chiqadigan ofatlar natijasida 600 million kishi halok bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda dengiz suvi balandligi taxminan 10 metrni tashkil qiladi.

Global isish BMTning Parijdagi sammitida bosh mavzu sifatida ko‘rib chiqiladi. Sammit 30 noyabr-11 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Top