15:11 / 09.11.2015
3212

Neft narxida 3 kunlik pasayishdan keyin yana o‘sish qayd etildi

9 noyabr, dushanba kuni oxirgi uchta sessiyadagi pasayishdan keyin neft narxida o‘sish kuzatildi.

Londondagi ICE birjasida dekabr fyuchersi bo‘yicha Brent markali neft narxi 0,43 dollarga o‘sib, bir barrel neftning qiymati 47,85 dollarni tashkil qilmoqda.

WTI toifasidagi neft esa Nyu-York elektron savdo birjasida 0,38 dollarga qimmatlashdi. Hozirda uning qiymati 44,67 dollar/barrelni tashkil etmoqda.

O‘tgan hafta yakunlariga ko‘ra, Brent 4,3 foizga arzonlashgan bo‘lsa, WTI 7,5 foiz narx ko‘rsatkichni yo‘qotdi.

Top