17:39 / 09.11.2015
8593

NYT: A321 bortida portlovchi uskuna bo‘lgani haqidagi yangi ma'lumotlar Putinning Suriya bo‘yicha qarorini mustahkamlaydi

Rossiyaning A321 layneri bortida IShID terroristlari tomonidan portlash sodir etilgani haqidagi ma'lumot Vladimir Putinning Suriya masalasidagi qat'iyatini faqatgina mustahkamlashi mumkin, deya yozmoqda The New York Times gazetasi tahlilchilar fikriga asoslangan holda.

Ayrim taxminlarga ko‘ra, qo‘poruvchilik akti 2015 yil kuzida Rossiyaning Yaqin Sharqda boshlagan harbiy kampaniyasi uchun intiqom bo‘lishi mumkin. Nashr fikricha, ushbu ma'lumotlar tasdiqlangan taqdirda, Rossiya IShID jangarilariga qarshi yanada faolroq kurash olib boradi.

Birinchidan, Vladimir Putin Suriyadagi aviazarbalar safida 7 ming nafarga yaqin Rossiya va Sobiq Ittifoq mamlakatlari fuqarolari bo‘lgan IShID marralariga yo‘naltirilganini ochiqchasiga ma'lum qilgan. Fuqarolik avialayneriga hujum esa Rossiya manfaatlari xavf ostida qolganini anglatadi. Bu Moskvaning IShIDga nisbatan yana qattiqroq siyosat yuritishiga olib kelishi mumkin.

Ikkinchidan, Rossiya murakkab vazifalarni ado etishga qodir dunyodagi yetakchi davlat ekanini ko‘rsatib qo‘yish uchun Yaqin Sharqdagi mojarolarga arashdi. Endi u “orqaga qadam tashlash”ni o‘ziga ep ko‘rmaydi va yaratgan obrazidan voz kechmaydi.
Uchinchidan, Suriya va Misr Rossiyaning ittifoqchilaridan hisoblanadi, shuning uchun ittifoqchi davlatlar dushmanlari tomonidan uyushtirilgan qo‘poruvchilik ularga qarshi kurashni kuchaytiradi xolos.

“Agarda bu terroristik akt bo‘lsa, mo‘ljal yanada balandroq qo‘yiladi, Suriyadagi amaliyotlar qiymati ortadi”, - deydi siyosiy ekspert Vladimir Frolov. Uning qo‘shimcha kiritishicha, Rossiyaning amaldagi strategiya IShID ustidan g‘alaba qozonishga imkon bermaydi.
Ekspertlarning ta'kidlashicha, ayni paytda Rossiya juda ehtiyotkor harakat qilib, Misrga zarar yetkazmaslikka urinmoqda. Chunki, rossiyalik amaldorlarning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Misrda 80 ming nafar rus sayyohi hordiq chiqarmoqda.

Top