23:52 / 09.11.2015
3440

Olmaota aeroportida 40 ming AQSh dollarini noqonuniy olib ketayotgan yo‘lovchi qo‘lga olindi

Olmaota—Urumchi yo‘nalishida uchuvchi yo‘lovchi Olmaota aeroportida deklaratsiyasi to‘ldirilmagan yirik qiymatga ega chet el valyutasi bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Qozog‘iston chegara xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

Yo‘lovchi erkak 6 noyabr kuni Urumchiga uchib ketish chog‘ida qo‘lga olingan.

"1985 yilda Qozog‘istonda tug‘ilgan fuqaro deklaratsiyasi to‘ldirilmagan 39500 AQSh dollari va 20120 tengeni noqonuniy ravishda olib ketayotgan vaqtda qo‘lga olindi”, — deyiladi ma'lumotda.

Top