18:20 / 09.11.2015
3475

Olti millioninchi qirg‘izistonlik 26 noyabr kuni tug‘ilishi kutilmoqda

6 millioninchi qirg‘izistonlik shu yilning 26 noyabr kunida dunyoga kelishi kutilmoqda. Bu haqda hukumat matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, bosh vazir Temir Sariyev olti millionichi qirg‘izistonlik bo‘lishi kutilayotgan chaqaloqning tug‘ilishi vaqtiga maxsus marosim tashkil qilishga mas'ullik qiluvchi maxsus guruh tuzishga ko‘rsatma bergan.

5 millioninchi qirg‘izistonlikning tug‘ilgani 2002 yilning 27 avgustida qayd etilgandi.

Ma'lum qilinishicha, 2005 yilning 1 avgusti holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda doimiy yashovchilar soni 5 mln 964 ming kishi bo‘lgandi.

Top