08:55 / 09.11.2015
2557

O‘zbekistonda Germaniya tomonidan ajratilgan 22,5 mln. yevro evaziga tibbiyot markazlari modernizatsiya qilinadi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi Germaniyaning KfW banki tomonidan ajratiladigan 22,5 mln yevro evaziga respublika viloyatlaridagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiya qilishning uch dasturini amalga oshiradi.

Germaniya hukumati tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlash hisobiga Surxondaryodagi viloyat tibbiyot markazi (3,5 mln yevro), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari (10 mln. yevro) va Samarqand, Namangan va Qashqadaryo viloyatlaridagi viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari modernizatsiya qilinadi, shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi klinikada magnit-rezonans tomografiyaga ega referans-markaz tashkil etiladi (9 mln. yevro).

Top