22:39 / 09.11.2015
3527

Rossiya Arab davlatlari ligasi va Islom hamkorligi tashkilotini Suriya bo‘yicha muzokaralarga taklif qilmoqchi

Rossiya Arab davlatlari ligasi va Islom hamkorligi tashkilotini Venada bo‘lib o‘tadigan Suriya bo‘yicha muzokaralarga chaqirishni taklif qilmoqda, deb aytdi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

“Bizning keyingi qadamlar borasida gapiradigan bo‘lsak, yaqin orada Suriya bo‘yicha kengaytirilgan tartibda navbatdagi uchrashuv bo‘lishi kerak. Fikrimcha, bu format Suriya bo‘yicha muzokaralarni rag‘batlantirish uchun yagona tashqi format bo‘lmasa, unda asosiysi bo‘ladi. Unda 20 dan ko‘proq davlat va tashkilot ishtirok etadi. Biz 30 oktabrda Venada yig‘ilgan ishtirokchilar ro‘yxatiga Arab davlatlari ligasi va Islom hamkorligi tashkilotini qo‘shish kerak deb hisoblaymiz”, deb aytdi Lavrov.

Lavrovning ta'kidlashicha, Islom hamkorligi tashkilotininng jarayonda ishtirok etishi juda muhimdir, chunki “Suriya va uning atrofida bo‘layotgan voqealarni shialar va sunniylar orasidagi ixtilof sifatida taqdim qilmoqchi bo‘layotganlar borgan sari ko‘plab topilmoqda”.

Avvalroq Moskva Venadagi keyingi uchrashuvda o‘z hamkorlari bilan Suriyadagi terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatini kelishib olish niyatidaligi ma'lum qilingandi.

Top