07:41 / 09.11.2015
3146

Rossiya chempionati, 15-tur. «Lokomotiv» «Zenit»ni, «Krasnodar» TsSKAni mag‘lubiyatga uchratdi

8 noyabr kuni Rossiya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan yana 2 muhim bahs o‘tkazildi.

Dastlab, "Krasnodar" jamoasi o‘z maydonida TsSKAni qabul qilib, 2:1 hisobida ustun keldi.

"Lokomotiv" esa, Moskvada "Zenit"ni 2:0 hisobida dog‘da qoldirdi.

O‘zbekiston terma jamoasi vakili Odil Ahmedov TsSKAga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda tushib, maydonda 75-daqiqa harakat qilgan bo‘lsa, "Lokomotiv"ning o‘zbekistonlik a'zosi Vitaliy Denisov "Zenit"ga qarshi 90 daqiqa maydonda to‘p surdi.

Endilikda, mavsumdagi ilk mag‘lubiyatiga uchragan TsSKA 36 ochko bilan turnir jadvalining birinchi o‘rnida qolmoqda.

"Lokomotiv" esa ochkolari sonini 30taga yetkazgan va uchinchi o‘ringa ko‘tarilgan. "Zenit" 26 ochko bilan to‘rtinchi, "Krasnodar" esa 24 ochko bilan beshinchi bo‘lib turibdi.

Rossiya chempionati, 15-tur
Krasnodar – TsSKA 2:1 (2:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 18 Smolov, 1:1 – 28 Dzagoyev, 2:1 – 30 Smolov.
Krasnodar – Dikan, Yendjyeychik, Sigurdsson, Grankvist, Kaleshin, Ahmedov (Laborde, 75), Kabore, Gazinskiy (Torbinskiy, 70), Mamayev, Ari (Bystrov, 87), Smolov.
TsSKA – Akinfeyev, Fernandes, Berezutskiy, Ignashevich, SHCHennikov (Panchenko, 77), Vernblum (Natxo, 46), Dzagoyev, Milanov, Toshich, Musa, Dumbiya.
Ogohlantirishlar: Vernblum (45), Berezutskiy (56), Axmedov (70), Ari (81), Laborde (90).

Lokomotiv – Zenit 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 48, avtogol Lomberts, 2:0 – 58 Samedov.
Lokomotiv – Gilerme, Yanbayev, Shishkin, Dyuritsa, Denisov, Kolomeytsev, Ndinga, Miranchuk (Mixalik, 86), Samedov, Maykon (Grigorev, 66), Nyasse (Shkuletich, 90).
Zenit – Lodigin, Krishito, Netu, Anyukov (Yevseyev, 76), Lomberts, Yusupov, Garsiya (Vittsel, 64), Danni, Ryazantsev (Smolnikov, 72), Dzyuba, Xalk.
Ogohlantirishlar: Xalk (49), Garsiya (61), Maykon (62), Netu (74), Denisov (80).

Top