23:48 / 09.11.2015
3682

Starbucks kompaniyasini qizil idishlar sabab “Isoni yomon ko‘rishda” ayblashmoqda

Starbucks kompaniyasini yangi chiqargan qizil idishlari uchun “Rojdestvoga qarshi urush e'lon qilish”da ayblashmoqda, deb xabar beradi The Telegraph. Ilgari kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan bir martalik idishlar qor uchqunlari, yulduzlar va bayramlarning boshqa ramzlari bilan bo‘yalgan edi. Gazetaning ta'kidlashicha, idishlarning hozirgi ko‘rinishi “shunchaki bayramona qizil rangda”.

Bu holat ayrim nasroniy guruhlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Ularning aytishicha, Starbucks “Rojdestvo va Isoga qarshi urush olib bormoqda”. Muzokaralarga Britaniya parlamentining Konservativlar partiyasi deputati Devid Amess ham qo‘shilgan. Uning ta'kidlashicha, ushbu dizayn muallifini haydab yuborish kerak.

Starbucks kompaniyasi matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, tarmoq o‘z kofelarini kelib chiqishi va dini o‘zga-o‘zga bo‘lgan kishilar orasida ko‘rishdan juda mamnun.

Top