16:35 / 09.11.2015
2912

Tojikistonga AQSh harbiy dengiz kuchlari vaziri tashrif buyurdi

AQSh harbiy dengiz kuchlari vaziri Rey Mabus 7 noyabr kuni Tojikistonda bo‘ldi, deb xabar qildi mahalliy matbuot.
AQSh harbiy dengiz kuchlari va dengiz piyodalari korpusiga boshchilik qiluvchi Mabus qisqa muddatli tashrifi chog‘ida elchixonaning doimiy xodimlari bilan uchrashib, AQShning Markaziy Osiyoda xavfsizlikni va barqarorlikni ta'minlash ishiga sadoqatini yana bir bora izhor qildi.

Mabus AQShning Dushanbedagi elchixonasini qo‘riqlab turgan dengiz piyoda qismlari harbiy xizmatchilari bilan uchrashib, ularning balida ishtirok etgan. Ushbu tadbir har yili AQSh dengiz piyodalari korpusining tashkil topish sanasi munosabati bilan o‘tkaziladi.

Top